• two photos, one on top of the other, both showing cars and vehicles passing a license plate reading surveillance camera at a busy intersection in Tashkent

    O‘zbekiston bo‘ylab yuzga yaqin yuqori aniqlikdagi yo‘l chetidagi kameralar tarmog‘i transport vositalarining davlat raqamlarini va ularning yo‘lovchilarini, ba’zan kuniga minglab, yo‘l harakati qoidalarini buzish ehtimolini aniqlash uchun doimiy ravishda kuzatishi sir emas. Bu kuzatuv orqali qizil chiroqda o‘tayotgan mashinalar, xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilar va litsenziyasiz tunda harakatlanayotgan transport vositalari kabi holatlar nazoratga olinadi. Kuni kecha Techrunch nashri tizimdagi nosozliklarni tahlil qilib chiqdi. Unga ko‘ra eng ko‘p kuzatuvga olingan avtomobillardan birining haydovchisi olti oy davomida sharqiy Chirchiq shahri, poytaxt Toshkent va uning yaqinidagi Eshonguzar o‘rtasida, ko‘pincha haftasiga bir necha marta harakatlanganini kuzatish mumkin bo‘lgan.

    Buni ushbu nashr qanday bildi deysizmi? Sababi oddiy davlat raqamlarini kuzatish bo‘yicha keng ko‘lamli tizimi ma’lumotlari internetga ochiq qoldirilgan.

    Xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchi Anurag Sen davlat raqamlarini kuzatish tizimi parolsiz internetda ochiq qolganini aniqladi, bu esa har qanday begona kishiga undagi ma’lumotlarga kirish imkonini beradi. Kuzatuv tizimi qancha vaqtdan beri ochiq qolgani aniq emas, biroq tizimdan olingan ma’lumotlar uning bazasi 2024-yil sentyabr oyida yaratilganini, yo‘l harakati monitoringi esa 2025-yil o‘rtalarida boshlanganini ko‘rsatmoqda.

    Bu voqea bunday milliy davlat raqamlarini kuzatish tizimlari qanday ishlashi, ular to‘playdigan ma’lumotlar va ulardan butun mamlakat bo‘ylab millionlab odamlardan birining qayerdaligini aniqlash uchun qanday foydalanish mumkinligi haqida kamdan-kam uchraydigan tasavvur beradi.

    Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar davlat raqamlarini o‘qish qurilmalarini milliy miqyosda ko‘paytirayotgan bir paytda, transport vositalari va ularning egalarini ommaviy nazorat qilish bilan bog‘liq xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlar tarqalishi xavfi ham ortib bormoqda. Bu qurilmalarning aksariyati kuzatuv giganti Flock tomonidan taqdim etilmoqda. Shu hafta boshida 404 Media nomli mustaqil axborot nashri Flock o‘zining o‘nlab raqamlarni o‘qiydigan kameralarini ommaviy ravishda internetga ochiq qoldirganini, bu esa muxbirga Flock kamerasi tomonidan real vaqt rejimida kuzatilayotganini ko‘rish imkonini berganini xabar qildi.

    Anurag Sen shu oy boshida O‘zbekiston davlat raqamlarini kuzatish tizimi ochiq qolganini topganini va xavfsizlik buzilishi tafsilotlarini TechCrunch bilan shu oyning boshida bo‘lishdi. Senning TechCrunch nashriga aytishicha, tizimning ma’lumotlar bazasi kameralarning haqiqiy joylashuvini ko‘rsatadi va o‘tayotgan transport vositalarining millionlab fotosuratlari hamda kameraga olingan ishlovsiz  videolarini o‘z ichiga oladi.

    Tizim O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Toshkentdagi Jamoat xavfsizligi departamenti tomonidan boshqariladi. Departament dekabr oyida xavfsizlikni ta’minlashdagi uzilishlar haqida izoh so‘ralgan xatlarga javob bermagan ekan.

    Vashington va Nyu-Yorkdagi O‘zbekiston hukumati vakillari ham TechCrunch’ning bu haqidagi so‘rovlariga javob bermadi. O‘zbekistonning kompyuter xavfsizligi bo‘yicha UZCERT jamoasi ham tizim haqidagi ogohlantirishga javob bermadi, faqat elektron xatni olganini tasdiqlovchi avtomatik xabar yuborgan xolos.

    Kuzatuv tizimi hozirda ham internetga ochiq holda qolmoqda.

    Tizim o‘zini Xitoyning Shenchjen shahrida joylashgan, internetga ulangan trafik texnologiyalari, chegaralarni tekshirish tizimlari va kuzatuv mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Maxvision kompaniyasining «yo‘l harakatini boshqarishning intellektual tizimi» deb ataydi. LinkedIn’dagi videoda kompaniya kameralari «butun qonunbuzarlik jarayonini» yozib olishi va “haqiqiy vaqt rejimida qonunbuzarlik va o‘tish ma’lumotlarini ko‘rsatishi» mumkinligi aytilgan.

    Maxvision o‘zining xavfsizlik va kuzatuv texnologiyalarini Burkina-Faso, Quvayt, Ummon, Meksika, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston kabi dunyo mamlakatlariga eksport qiladi. TechCrunch ochiq tizim ichidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, O‘zbekistonning yirik shaharlarida, shuningdek, gavjum chorrahalarda va boshqa muhim tranzit yo‘nalishlarida joylashgan yuzdan ortiq kamerani aniqladi.

    Techrunch vakillari  GPS koordinatalarini xaritaga joylashtirganini  va Toshkentda, janubdagi Jizzax va Qarshi shaharlarida, sharqdagi Namanganda avtoraqamlarni o‘qish qurilmalari banklarini topganini xabar berdi. Kameralarning bir qismi qishloq joylarda, masalan, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi chegaraning bir vaqtlar bahsli bo‘lgan qismlari yaqinidagi yo‘nalishlarda joylashgan.

    O‘zbekistonning janubiy Qarshi shahri xaritasida shahar bo‘ylab avtomobil raqamlarini o‘quvchilarning joylashuvini ko‘rsatuvchi qizil nuqtalar tasvirlangan. 

    Mamlakatning eng yirik shahri Toshkentda kameralarni o‘ndan ortiq joylarda topish mumkin. Bu kameralarning ba’zilari hatto Google Street View xizmatida ham ko‘rinadi. 

    Kameralarning ba’zilari o‘z tasvirlarini Singapurlik kamera ishlab chiqaruvchisi Holowits nomi bilan belgilaydi va 4K aniqlik darajasida qoidalarni buzgan transport vositalarining video yozuvlari va kadrlarini suratga oladi.

    Ochiq qoldirilgan tizim operatorlarga yo‘l harakati qoidalari buzilishi tasvirlarini tekshirishga imkon beradigan veb-interfeysga kirish imkonini beradi. Interfeys boshqaruv panelida qoidabuzarliklarning kattalashtirilgan fotosuratlari va xom videolari, shuningdek, atrofdagi transport vositalari tasvirlari mavjud. (TechCrunch nashrdan oldin davlat raqamlari va avtomobil yo‘lovchilari haqidagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlagan.) O‘zbekiston milliy davlat raqamlarini o‘qish tizimining ochiq qoldirilishi yo‘l kuzatuv kameralari bilan bog‘liq xavfsizlik buzilishining so‘nggi misoli emas.

    Yil boshida Wired nashrining xabar berishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘ylab 150 dan ortiq avtomobil raqamlarini o‘quvchi qurilma va ular tomonidan to‘plangan haqiqiy vaqt rejimidagi transport ma’lumotlari hech qanday xavfsizlik choralari ko‘rilmagan holda internetga ochiq qoldirilgan.

    Laylo Xondamirovna tayyorladi

    Manba TechCrunch

  • Ben Horowitz: Biznesdagi og‘ir qarorlar san’ati

    Ben Horowitzning «The Hard Thing About Hard Things» kitobi startaplarni boshqarish jarayonidagi eng og‘ir va muhim qarorlarni chuqur tahlil qiladi. Muallif startaplarning muvaffaqiyat yo‘lidagi qiyinchiliklari, ularning ortida turgan psixologik va strategik qarorlar haqida shaxsiy tajribasi asosida so‘z yuritadi. Horowitz, muvaffaqiyatli biznes qurishning aslida tashqi ko‘ringanidan ancha murakkab ekanini, uning ortida ko‘pincha omma ko‘rmaydigan murakkab qarorlar turishini ochib beradi.

    Biznesning haqiqiy qiyinchiliklari

    Har bir biznes yo‘lida muvaffaqiyatli davrlar bo‘lishi tabiiy, ammo startaplar uchun aynan boshlang‘ich bosqichlarda duch keladigan qiyinchiliklar eng keskin bo‘ladi. Horowitzning ta’kidlashicha, ko‘plab startaplar muvaffaqiyat sari intilish jarayonida to‘g‘ri qaror qabul qilish va yo‘nalishni tanlashda qiynaladi. Kitobda keng tahlil qilingan pivot tushunchasi, ya’ni biznes modelini yoki strategik yo‘nalishni keskin o‘zgartirish usuli ko‘p startaplar uchun zaruratga aylanadi.

    Aynan shu nuqtalarda qabul qilinadigan qarorlar kompaniyaning kelajakdagi taqdiri uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

    Nega qaror qabul qilish qiyin?

    Horowitzning fikricha, muvaffaqiyatli startap yetakchilari aynan eng og‘ir qarorlarni qabul qilishga majburdirlar. Bu qarorlar faqat moliyaviy natijalarga emas, balki jamoaning ichki ruhiyatiga, umumiy biznes rivojlanishiga va hatto yetakchining shaxsiy ishonchiga ham ta’sir qiladi.

    Pivot qilish ehtiyoji, aslida, kompaniyani qayta qurish, xodimlarni yangi vazifalarga moslashtirish va investorlarga yangi ishonch berish deganidir. Bu qarorlar kompaniyani qiyin ahvoldan olib chiqishi yoki uni butkul yangi yo‘nalishga boshlashi mumkin.

    Eng og‘ir qarorlar tajribasi

    Ben Horowitz kitobni yozishda o‘zining shaxsiy tajribalaridan, shuningdek, Andreessen Horowitz venchur kapital firmasi orqali startaplar bilan ishlashdagi boy tajribalaridan foydalangan. Unga ko‘ra, pivot qilish startapning samaradorligini oshirish yoki yangi innovatsion imkoniyatlarni qo‘lga kiritish uchun zarur qadam bo‘lib xizmat qiladi.

    Pivot dastlab kompaniya uchun qisqa muddatli yechimdek tuyilishi mumkin, biroq aslida uzoq muddatli rivojlanish uchun zarur strategik qarordir.

    Yangi qarorlar va yangi imkoniyatlar

    Kitobdagi eng muhim g‘oyalardan biri – qarorlarning aslida mutlaqo to‘g‘ri yoki mutlaqo noto‘g‘ri emasligidadir. Asosiy masala – qarorlarning qanday amalga oshirilishi va ulardan qanday natijalar kutish haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishdir.

    Startap pivot qilganida u yangi tajriba, yaxshiroq bozor tushunchasi va yanada mustahkam jamoani shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday qarorlar kompaniyaning to‘xtab qolishiga emas, aksincha, yangi o‘sish nuqtalarini topishiga sabab bo‘ladi.

    Qiyinchiliklar va muvaffaqiyat formulasi

    Horowitzning asari biznes olamidagi eng og‘ir qarorlarni qabul qilish va ularni muvaffaqiyatga aylantirish san’atiga bag‘ishlangan. Pivot kabi strategik burilishlar, shubhasiz, kompaniyadan juda katta ehtiyotkorlik va aniqlik talab qiladi. Ammo aynan shu qarorlar kompaniyani yangi sharoitlarga moslashtirib, kelajakdagi muvaffaqiyat uchun mustahkam poydevor yaratadi.

    Ben Horowitzning tajribasi va tavsiyalari biznes yetakchilari va startap asoschilari uchun qiyin paytlarda qanday yo‘l tutish kerakligiga ajoyib o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi